"Atletiko" yetakchisi: "Real"ga qarshi bir butun jamoa bo'lib o'ynash lozim"

Sherzod Nurmatov
25 fev 2023, 11:15
"Atletiko" darvozaboni Yan Oblak bugun bo'lib o'tadigan "Real"ga qarshi "Madrid derbisi"dan nimalarni kutayotgani haqida gapirdi.

"Atletiko" mavsum boshidagidan yaxshiroq o'ynamoqda. O'ylaymanki, hali yana kuchayamiz. Mavsum oxirigacha holatimizni yaxshilab, yanada yaxshiroq o'ynay olamiz.

"Real"? Siz ularning faqat bir o'yinchisigi e'tibor berib, ikkinchisini bo'sh qoldira olmaysiz, chunki raqibda yuqori toifali o'yinchilar bor. "Atletiko" boshqa jamoaga qarshi o'ynaganda bir futbolchiga e'tibor qaratmasligi va bir butun jamoa bo'lib o'ynashi lozim", – dedi Oblak.

"Madrid derbisi" Toshkent vaqti bilan 22:30 da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: DAZN