"Atletiko" Ektor Errerani boshqa klubga "sovg'a" qilib yubormaydi

Alisher
15 iyul 2021, 14:33
"Atletiko"ning meksikalik o'yinchisi Ektor Errera yozda klubdan ketishi mumkin.

"Matraschilar" bosh murabbiyi Diego Simeone futbolchiga ishonadi, ammo o'yinchining ketishiga tayyor. Klub futbolchi uchun bo'ladigan 10 million evrodan yuqori takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.

Errera ayni damda Meksika terma jamoasi bilan KONKAKAFning Oltin kubogida ishtirok etmoqda. Xavbek uchun "Valensiya" da'vogarlik qilmoqda va o'yinchi uchun 7 mln evro to'lashga tayyor.

Errera "Atletiko"ga 2019 yilda erkin agent maqomida o'tgandi. Futbolchi o'tgan mavsum jamoasi bilan Ispaniya chempioniga aylandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo