"Atletiko" Arda Turanga yangi shartnoma taklif qilmoqchi

Tolibjon Qosimov
9 sen 2013, 19:01
"Atletiko"ning turkiyalik yarim himoyachisi Arda Turanga yangi shartnoma talkif qilinadi, deb xabar bermoqda Ispaniya matbuoti.
26 yoshli futbolchining shartnomasi 2015 yil yozida tugaydi. Turanga shartnomani ikki yilga uzaytirish taklifi beriladi. Agar bu kelishuv amalga oshsa uning transfer narxi 24 million evrodan 40 millionga ko'tariladi. Shuningdek, uning maoshi oshadi.

Turan "Atletiko" safida 68ta o'yinda maydonga tushib 9ta gol urdi va 15ta golli pas berdi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com