“Atletik” Giggzga maxsus mukofot topshiradi

Eldor Akmurzayev
3 iyun 2020, 20:40
“Manchester Yunayted” afsonasi Rayan Giggz Bilbaoning “Atletik” jamoasi tomonidan tasis etilgan “Yagona klub fidoiysi” mukofotiga sazovor bo'ldi.

Giggz “qizil iblislar”ning asosiy jamoasida 24 mavsumni o'tkazdi, bungacha esa u manchesterliklar akademiyasida tahsil olgan va faoliyatini tugatgandan keyin klub murabbiylar shtabida ishladi.

“Biz o'z klubiga oxirigacha sodiqlik ko'rsatgan jahon darajasidagi futbolchi haqida gapirmoqdamiz”, deyiladi “Atletik” rasmiy saytida.

Eslatib o'tamiz, Rayan ayni vaqt Uels terma jamoasi ustozi sifatida ishlamoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sport24