"Atletik" futbolchisi Alvares futboldan chetlatildi

Mirjalol Normatov
11 iyul 2025, 00:25
"Atletik" futbolchisi Yeray Alvares doping sababli futboldan chetlatildi.

Futbolchidan Yevropa ligasi doirasida "Manchester Yunayted"ga qarshi ilk o'yin oldidan doping-test olingan va uning qonida taqiqlangan dorilar aniqlangan.

"Men saraton kasalini engganimdan keyin shifokorlar bilan birgalikda soch to'kilishiga qarshi dori ichib, davolanyapman. Bu dorida taqiqlangan moddalar bor ekan", - deb yozadi futbolchi.

Bilbao klubi Yerayning inson omili bilan "xato qilganini" va futbolchiga yordam kerakligini yozib o'tgan.

Yeray Alvares yakunlangan mavsumda LaLiganing 21 o'yinida qatnashib, 1 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: instagram.com/yerayalvarez