"Atalanta"ning ikki futbolchisida koronavirus aniqlandi

Mirjalol Normatov
30 dek 2021, 18:35
"Atalanta" matbuot xizmati koronavirusga chalinganlar borasida ma'lum berdi.

Klub matbuot xizmatining xabariga ko'ra, jamoaning ikki nafar futbolchisi koronavirus yuqtirib olgan. Ammo ularning ismi oshkor qilinmagan. Ular Bergamo qonunchiligiga ko'ra izolyaciyaga olingan.

"Atalanta" A Seriyada 19 turdan keyin 4-o'rinda bormoqda. Jamoaning navbatdagi o'yini 6 yanvar kuni "Torino"ga qarshi bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal