"Atalanta" keyingi yil Azmunni o'z tarkibiga qo'shib olmoqchi

Aslanov Jasurbek
17 avg 2021, 22:46
Azmun "Atalanta" klubiga o'tishi mumkin.

Eronlik futbolchi Sardor Azmunni "Atalanta" klubi o'z tarkibida ko'rmoqchi. Ammo, jamoa Azmunni keyingi yil, erkin agent sifatida ko'lga kiritish niyatida. Futbolchining o'zi esa, shu yilning o'zida Yevropaning biror klubiga o'tishni maqsad qilgan. "Zenit" va forvard o'rtasidagi shartnoma yakunlanishiga bir yil muddat bor. Ammo, Azmun erkin agent sifatida o'tadigan klubi bilan qishdan boshlab muzokara o'tkazish huquqiga ega. Avvalroq, futbolchining "Bayer" klubiga o'tishi aytilgandi. Biroq, bundan bo'lmadi.

"Zenit" klubi esa o'yinchi bilan yangi bitim imzolash niyatida bo'lib turibdi. Azmun va uning agentlarini esa yangi bitim tuzish niyatlari yo'q. 

Eslatib o'tamiz, Azmun o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 29ta o'yinda maydonga tushib, 19ta gol va 6ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Eurostavka