"Atalanta" yetakchisi "Milan"ga o'tishi mumkin

Mirjalol Normatov
22 iyun 2021, 00:55
"Milan" "Atalanta" yetakchisi Ruslan Malinovskiyning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

"Football Italia" xabariga ko'ra, klubdagilar ukrainalik bilan muzokaralarga kirishishga tayyorgarlik ko'rmoqda. U yaqin kunlarda jamoani tark etadigan Xakan Chalxanogluning o'rnini egallashi kutilmoqda.

O'tgan mavsumda 28 yoshli futbolchi "Atalanta" tarkibida 43 o'yinda qatnashib, 10 gol va 12 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia