"Atalanta" asosiy futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi

Mirjalol Normatov
22 mar 2022, 00:55
"Atalanta" matbuot xizmati albaniyalik himoyachi Berat Jimsiti bilan shartnomaning uzaytirilganligini ma'lum qildi.

Unga ko'ra, futbolchi va italyan klubi o'rtasidagi yangi shartnoma 2026 yil yoziga qadar davom etadi.

29 yoshli Jimsiti 2016 yildan buyon "Atalanta" tarkibida o'ynamoqda. Shu davr mobaynida u jamoa uchun 152 o'yinda qatnashib, 6 gol va 6 assist qayd etdi. Albaniya termasida u 44 o'yinda ishtirok etib, 1 marta gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/Atalanta_BC