"Aston Villa" Grilish bilan shartnomasini uzaytirmoqchi

Alisher
17 iyul 2021, 11:24
"Aston Villa" ushbu transfer oynasida jamoa yarim himoyachisi Jek Grilishni qo'yib yubormoqchi emas.

Birmingem klubi ehtimoliy xaridorlarni "qochirish" uchun yarim himoyachiga yangi shartnoma taklif qilmoqchi.

Grilish uchun bosh da'vogar "Manchester Siti" hisoblanadi, ammo transferni amalga oshirish uchun "shaharliklar" bir necha o'yinchilari bilan xayrlashishlariga to'g'ri keladi.

Futbolchi o'tgan mavsum APL doirasidagi 26ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 12ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Birmingham Live