Asror Aliqulov: "So'g'diyona" bugun bor kuchi bilan o'ynashini taxmin qilgandik"

Alisher
29 mar 2025, 23:25
Superliganing 3-turidan o'rin olgan "Mashal" - "So'g'diyona" (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov matbuot anjumanida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Avvalambor barcha yurtdoshlarimizni Ramazon hayit ayyomi bilan tabriklayman. "So'g'diyona" jamoasi dastlabki 2 ta turdagi mag'lubiyatdan so'ng bugun borini berib o'ynashini taxmin qilgandik. Shunga mos ravishda tayyorgarlik ko'rdik. 



"Mashal" jamoamizga befarq bo'lmagan barcha muxlislarni Superligada qayd etilgan g'alaba bilan tabriklayman. Ishlaydigan jihatlarimiz ko'p. Tarkibimizdagi ayrim yosh futbolchilarda o'zlariga ishonch yetishmayapti. Ular ham o'yindan-o'yinga Superliga havosiga moslashib borishadi", - deydi muborakliklar ustozi.







O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia