Asror Aliqulov: "Mashal"ning maqsad strategiyasi faqat natijaga qaratilmagan"

Administrator
29 mar 2024, 20:15
Pro-liganing 3-turidan o'rin olgan "Olimpik MobiUZ" - "Mashal" (0:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- Bugun "Olimpik MobiUz"ning yosh futbolchilari bizga jiddiy qarshilik ko'rsatishini bilardik. Shunga mos ravishda o'yinga tayyorgarlik ko'rgandik. Lekin guvohi bo'lganingizdek, baribir jiddiy qarshilikka uchradik va bizda ko'p narsa o'xshamadi. Qaysidir manoda tezlik borasida yosh futbolchilar bizdan ustunlik ham qilishdi.

- Bugungi o'yin oldidan tarkibda yo'qotishlar bormidi?

- Tarkibda yo'qotishlar yo'q. Lekin bugungi o'yin uchun turli rotaciyalarni amalga oshirdik.

- Ayrim murabbiylar o'yin sifatidan ko'ra natijasini ustun deb hisoblashmoqda. Sizda bu boradagi fikrlar qanday?

- "Mashal"ning o'yin strategiyasi faqat natijaga qaratilmagan. Bizda yaxshi futbolchilarni yetishtirib, boshqa jamoalarga transfer qilish ham vazifasi qo'yilgan. Agar to'liq natijaga e'tibor qaratib qolsak, o'yin sifati bo'lmasa, futbolchilarimizga atrofdan qiziqish bo'lmaydi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia