Asqarov "Turon"ni tark etdi

Alisher Ostonov
22 iyun 2025, 19:43
Ijara asosida Qozog'istonning "Turon" klubida o'ynagan o'zbekistonlik yarim himoyachi Behruz Asqarov jamoani tark etdi.

Bu haqda jurnalist Narzulla Saydullaev telegramdagi sahifasida xabar berdi.

Eslatib o'tamiz, Behruz Asqarov ushbu jamoada Toshkentning "Paxtakor" klubidan ijara asosida o'ynayotgan edi.

21 yoshli o'yinchi shu yilning fevral oyida qozoq klubiga safiga qo'shilgandi.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia