Asmir Begovich Ozarbayjon klubiga o'tdi

Eldor Akmurzayev
2 sen 2019
Qorabog' klubi Bornmut hamda Bosniya va Gertsegovina terma jamoasi darvozaboni Asmir Begovichni o'z safiga qo'shib oldi.

Begovich yanvarga qadar ijara asosida Ozarbayjon jamoasi safida harakat qiladi. 

32 yoshli kiper joriy mavsum klub tarkibida birorta ham o'yinda maydonga tushmadi. O'tgan mavsum esa u APL'ning 24 bahsida qatnashib, 47ta gol o'tkazib yuborgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/FKQarabagh