

Mazkur uchrashuvni Asker Najafaliev boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. 28 yoshli hakamga qanotlarda Sardor Nishonboev va Sanjar Shoyusupov yordam beradi.
Qayd etish joiz, so'nggi ikki mavsumda mazkur hakam ishlagan o'yinlarda ikkala jamoa ham mag'lubiyatga uchramagan. Jumladan, Najafaliev "Qizilqum"ning 4 ta, "Nasaf"ning esa 3 ta o'yinida faoliyat olib borgan.
Eslatib o'tamiz, "Qizilqum" - "Nasaf" uchrashuvi bugun soat 18:15 da start oladi. Uchrashuvni matnli translyatsiya orqali ham kuzatib borishingiz mumkin.



