"Ashxobod-2017". O'zbekiston Xitoy bilan durang o'ynadi va guruhda ikkinchi bo'ldi

Tolibjon Qosimov
21 sen 2017, 20:28
Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Ashxoboddagi musobaqaning to'rtinchi turida Xitoy bilan bellashdi.

Ilk turda BAAni 5:1 hisobida taslim qilgan O'zbekiston ikkinchi turda Maldiv orollarini 9:1 hisobida mag'lub etgandi. Kecha Bahodir Ahmedov shogirdlari sensacion tarzda Afg'onistonga yutqazib qo'yishdi - 2:4.

Xitoy bilan uchrashuvda 4:4 hisobi qayd etildi.

O'zbekiston guruh bosqichida ikkinchi o'rinni band etdi va A guruhida birinchi bo'lgan jamoaga (Turkmaniston yoki Vetnam) qarshi chorak finalda o'ynaydi.


"Ashxobod-2017"
Futzal

5-tur, 21.09.2017
"B" guruhi
O'zbekiston - Xitoy 4:4
Gollar:
Farhod Abdumavlonov 2, Ilhom Hamroev 11, Timur Sadirov 22, Feruz Faxriddinov 32 - Jianfa Zuang 2, Yang Ksyu 13, Yue Lu 23, 39.

O'zbekiston (birinchi beshlik): Rustam Umarov, Dilshod Rahmatov, Farhod Abdumavlonov, Davron Abdurahmonov, Konstantin Sviridov
Zaxira: Anasxon Rahmatov, Mashrab Odilov, Feruz Fahriddinov, Timur Sadirov, Ilhom Hamroev, Artur Yunusov, Davron Choriev, Akmal Xazratqulov, Husniddin Nishonov.

Xitoy (birinchi beshlik): Zu Bei, Liang Shiming, Zuang Jianfa, Li Jianjia, Zeng Liang
Zaxira: Chen Ziheng, Liu Venxi, Ksyu Yang, Zao Liang, Lu Yue, Shen Siming, Zou Fan, Liu Chang, Zang Yameng.

Ogohlantirishlar: A.Rahmatov 40 - Zao Liang 29
Chetlatish: Zuang Jianfa 3


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia