"Ashxobod-2017". Futzal bellashuvlariga qur'a tashlandi, vakillarimiz "B" guruhidan joy olishdi

Tolibjon Qosimov
25 avg 2017, 13:04
Shu yilning sentyabr oyida Turkmanistonda Yopiq inshootlardagi Osiyo o'yinlari bo'lib o'tadi.

Hisob bo'yicha beshinchi Osiyo o'yinlarining futzal bellashuvlariga qur'a tashlandi. Unga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi "B" guruhida Xitoy, Afg'oniston, BAA va Maldiv terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Musobaqada 18ta jamoa 4 guruhga bo'lingan holda kurash olib boradi. Ikkita guruhda beshtadan, yana ikkita guruhda to'rttadan jamoa o'rin oldi. Guruhlarda birinchi va ikkinchi o'rinni egallagan jamoalar chorak finalga yo'l olishadi. 1/4 final g'oliblari yarim finalga chiqishadi. 1/2 finalda g'alaba qozonganlar finalda chempionlik uchun kurashsa, mag'lub bo'lgan ikki jamoa bronza medallari uchun o'zaro bellashadi.



"Ashxobod-2017"ning futzal bellashuvlari 16-26 sentyabr kunlari bo'lib o'tadi.

"Ashxobod-2017" futzal bahslari qur'asi
"A" guruhi


Turkmaniston
Vetnam
Xitoy Taypeyi
Gongkong
Solomon orollari

"B" guruhi

O'zbekiston
Xitoy
Afg'oniston
BAA
Maldiv

"C" guruhi

Tailand
Yaponiya
Livan
Indoneziya

"D" guruhi

Eron
Qirg'iziston
Iordaniya
Taiti


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia