Asensio: "Real" sabr qilib, vaqtida vaziyatlardan foydalanishni biladi"

Aslanov Jasurbek
26 apr 2018, 10:41
"Real" yarim himoyachisi Marko Asensio "Bavariya"ga qarshi o'tgan Chempionlar ligasi yarim final ilk uchrashuvi (2:1) haqida fikr bildirdi.

"Gol urish muhimligini bilar edik, ammo birinchi raqamli maqsadimiz g'alaba edi. Sabr qilishni va o'z vaqtida imkoniyatdan foydalanishni bilamiz. "Real" ajoyib natija bilan uyga qaytmoqda" - deydi Asensio.

Javob o'yini 1 may kuni Madridda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca