Asensio jarohatdan forig' bo'ldi

31 mar 2020, 00:45
“Real” yarim himoyachisi Marko Asensio jarohatidan to'liq forig' bo'ldi.

Futbolchi sakkiz oydan oshiroq davom etgan davolanish jarayonidan keyin mashg'ulotlarga qaytishga tayyor. So'nggi marta u o'tgan yilning iyulida maydonga tushgandi.

Asensio yanvar oyida jarohatdan keyin ilk mashg'ulotlarni o'tkaza boshlagandi. Biroq hozirga kelib u tizzasidan olgan jarohatdan batamom forig' bo'ldi.

Ispaniya chempionati bahslari koronavirus pandemiyasi tufayli noma'lum muddatga to'xtatilgan. Musobaqaning qachon start olishi noma'lum.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.com