Asadbek Mamurov: "Maydonga tushayotganimda gol urish istagim juda yuqori edi"

Narzulla Saydullayev
15 may 2018, 10:28
“Iftixor”- “Sherdor” (1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar safida eng yaxshi o'yinchi deb topilgan Asadbek Mamurov “Championat.asia” saytiga intervyu berdi.

- Asadbek, bugungi uchrashuv haqida fikrlaringiz qanday?
- Uchrashuv juda shiddatli tarzda o'tdi, keskin kurashlarga boy bo'ldi. Bizda ko'plab golga tortadigan vaziyatlar bo'ldi, afsus omad tufayli foydalana olmadik. Biz bugun yaxshi o'yin ko'rsatdik deb o'ylayman.    

- Siz ushbu uchrashuvda zahirdan maydonga tushdingiz va gol urdingiz...
- Albatta, shu jamoa a'zosimanmi, demak, jamoaga yordam berishim kerak. Maydonga tushayotganimda gol urish istagim juda yuqori edi, mana niyatimga yetishdim, uchrashuvda raqib darvozasiga to'p kiritdim.

- Har bir futbolchi o'z oldiga maqsad qo'yishini bilasiz. Sizning maqsadlaringiz qanday?  
- Menimcha har bir futbolchini orzusi milliy terma jamoada o'ynash bo'lsa kerak. Xuddi shu kabi mening ham shu kabi istaklarim bor, o'z ustimda ishlayman, o'yinlarimni yanada kuchaytiraman, jamoamga munosib bo'lishga harakat qilaman. Nasib qilsa O'zbekiston milliy terma jamoasi safida maydonga tushib, yurtimiz shanini himoya qilaman. Superligada o'ynash niyatlarim bor, albata buning uchun o'z ustimda yanada ko'proq ishlashim lozim bo'ladi.

Bekzod Tolibov yozib oldi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia