Arveladze: "Koronavirus mag'lubiyatga uchradi"

Xabaringiz bor, Osiyo Chempionlar Ligasi bahslari davrida Qatarda "Shahr Xodro"ga qarshi uchrashuvdan avval Shota Arveladzeda koronavirus aniqlangan edi.

Biroz avval "Paxtakor" matbuot xizmati murabbiyning tuzalgani va tez orada Toshkentga qaytishi to'g'risida bayonot bergan edi. Gruziyalik mutaxassis esa "Facebook"dagi sahifasi orqali muxlislariga murojaat qildi: 

Nihoyat, oxirgi test salbiy natija berdi. Koronavirus mag'lubiyatga uchradi. Qo'llab-quvvatlash va iliq so'zlar uchun barchangizga rahmat. Hammaga sihat-salomatli, infekciyani yuqtirganlarga shifo tilayman. 

Sizlarga Covid-19 dan to'liq tuzalganimni ma'lum qilmoqchiman. Hozir juda yaxshiman. So'zlaringiz va qo'llab-quvvatlaganingiz uchun tashakkur!


Manba: championat.asia