Arveladze: "Ikkinchi test javobini kutmoqdaman"

Eldor Akmurzayev
23 sen 2020
Avvalroq, saytimiz orqali “Paxtakor” ustozi Shota Arveladzeda koronavirus aniqlangani haqda xabar bergandik.

Arveladze Instagram'dagi sahifasi orqali bunga aniqlik kiritdi.

“COVID-19'ga topshirgan tahlilim ijobiy natija berdi. Hozirda izolyaciyadaman va natijalar tasdiqlanishi uchun ikkinchi test javobini kutmoqdaman. Holatim bo'yicha sizlarni xabardor qilib turaman. Xabarlaringiz uchun munnatdorman”, deya yozgan Arveladze.

Eslatib o'tamiz, "Paxtakor" bugun OCHLning 6-turi doirasida "Shaxr Hodro" jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv soat 23:00da start oladi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: instagram.com/shota_arveladze