Artyom Makosin: "Bugun noxush ananaga chek qo'ymoqchimiz"

Narzulla Saydullayev
15 apr 2016, 10:28
Oliy liga beshinchi turidan joy olgan markaziy uchrashuvlardan biri bugun Navoiyda “Qizilqum” va “Paxtakor” jamoalari o'rtasida bo'lib o'tadi.

Mazkur o'yin oldidan "konchilar" posboni Artyom Makosin fikri bilan qiziqdik.

-Ko'z tegmasin bu yil mavsumni ijobiy natijalar bilan boshladik, - deydi “Qizilqum” jamoasi darvozaboni Artyom Makosin. - O'tgan turda oliy liga debyutanti - “Obod” jamoasi bilan o'yinda qimmatli ochokolarni qo'ldan chiqardik.  Qolaversa, bu chempionatimizda kuchsiz raqib yo'qligini ko'rsatib berdi.  Bugun esa yanada jiddiy raqibga qarshi maydonga tushamiz.

“Paxtakor” bilan o'tadigan uchrashuv chog'ida stadion muxlislar bilan to'lib-toshishiga shubha yo'q. Jamoadoshlarimning o'yin oldidan kayfiyatlari a'lo. Har qanday vaziyatda ham bugun maydonga faqat g'alaba ishtiyoqida chiqamiz. Hozirgacha “Qizilqum” o'z maydonida paxtakorchilarni mag'lubiyatga uchratmagan. Maqsadimiz ana shu noxush ananaga chek qo'yib, navoiylik muxlislarni xursand qilishdir, - deydi Makosin.

“Qizilqum” PFK Matbuot xizmati.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia