Arturo Vidal: "Jon deb bu jamoaga o'tgan bo'lardim"

Mirjalol Normatov
19 iyun 2022, 14:36
"Inter" futbolchisi Arturo Vidal "Boka Xuniors"ga o'tishga qarshi emasligini bildirdi.

35 yoshli futbolchining aytishicha, u ishni agenti Fernando Felichevichga topshirgan.

"Boka Xuniors"ga jon deb o'tgan bo'lardim. Biroq hozir hammasi Fernandoga bog'liq", - dedi Vidal.

Vidal 2020 yil snetyabr oyidan buyon "Inter" tarkibida o'ynamoqda. O'tgan mavsumda u 41 o'yinda qatnashib, 2 gol va 4 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal