

"Gol o'tkazib yuborib, qiyin ahvolga tushib qoldik. Raqib bunday holatda juda yaxshi o'ynadi.
Biz ajoyib o'ynadik, vaziyatlar yaratdik, ammo vaziyatni golga aylantirish uchun harakatlar yetishmadi.
Sterlingga to'p oshirib berildi - bunday holatda unga boshi bilan zarba berishiga yo'l qo'ymaslik lozim. Biz bu vaziyatga taktik tomonlama tayyorlangandik, ammo holatni hisobga olmagandik.
"Shaharliklar" odatdagidek o'ynashmadi, ammo ular ko'p narsaga qodir va vaziyatni nazorat qila oladilar.
Payshanba kuni bizni "final" ("Benfika"ga qarshi o'yin) kutmoqda. Ahir biz Yevropa Ligasidagi yurishni davom ettirmoqchimiz. Ovqatlanib, uxlab olish kerak. Gretsiyaga ketish oldidan mashg'ulotlarga vaqt bo'lmaydi", - dedi Arteta.



