Arteta nima uchun Arsenal bazasiga Arsen Vengerning suratini osib qo'yganini tushuntirdi

Narzulla Saydullayev
11 noya 2021, 13:32
Arsenal bosh murabbiyi Mikel Arteta klub bazasiga nima uchun Arsen Vengerning katta fotosuratini osib qo'yish borasida qaror qabul qilganini tushuntirdi.

Bu yo'qotilgan va bizga kerak bo'lgan narsa. Oldinlari stadionimizda bo'lgani kabi uning biror iqtibosi bilan suratini osib qo'yishni xohladim. Futbolchilar bunga qanday reakciya qilishganini ko'ring. Ular rasm oldiga kelib Venger bilan so'rashishmoqda. Uning ko'ziga qarasangiz xuddi Venger shu yerda deb o'ylaysiz. Bu futbolchilarga qo'shimcha kuch bermoqda, - deydi Arteta Goal nashriga.

Arsenal ayni paytda APL musobaqa jadvalida beshinchi o'rinda bormoqda.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: goal.com