Arteta futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchini aytdi - yo'q, u Ronaldu emas

Omonjon To`xtamirzayev
1 okt 2024, 13:03
Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta dunyoning eng yaxshi futbolchisi kimligini aytdi.

"Men uchun bu Lionel Messi. Bu borada mening va o'g'illarimning fikrimiz bir xil. Bizga u kabi futbolchining faoliyatini ko'rish baxti nasib qildi. U tarixdagi eng zo'ri", - deya ispaniyalik mutaxassis fikrlaridan iqtibos keltirdi "Sky Sports". 

Ayni damda 37 yoshli argentinalik MLS klubi "Inter Mayami" sharafini himoya qilmoqda. Uning amaldagi shartnomasi keyingi mavsum oxirigacha mo'ljallangan.

Joriy mavsum Lionel 15 o'yinda ishtirok etib, 14 ta gol va 10 ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Sky Sports