Arteta "Arsenal"dan yirik transfer talab qilmoqda

Mirjalol Normatov
13 yanv 2020, 21:45
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta klub direktorlar kengashiga o'z murojaati bilan chiqdi.

"Don Balon" xabariga ko'ra, ispaniyalik mutaxassis "Barselona" futbolchisi Usmon Dembele bilan shartnoma imzolash uchun 90 million evro talab qilgan. "Kanonirlar" ushbu mavsum yakunlanganidan keyin "ko'k-anorranglilar"ga futbolchi borasida taklif bilan chiqishga tayyor turibdi.

Eslatib o'tamiz, 22 yoshli Dembele ushbu mavsumda atigi 5 o'yinda qatnashdi va 1 gol urdi. Ayni damda u Qatarda jarohatini davolash bilan band.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Don Balon