Arteta: "Arsenal" ikkinchi bo'limda katta ustunlik qildi"

Mirjalol Normatov
19 fev 2023, 12:12
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "Aston Villa" ustidan qozonilgan g'alaba haqida to'xtaldi.

"Xarakter ko'rsatdik va ikki marta o'yinga qaytib, g'alabaga erishdik. Bu o'yindan ko'p dars olishimiz kerak, dastlabki bo'limda oson xatolarga yo'l qo'yib, raqiblar shunchaki darvozamiz oldiga kelishiga va gollar urib ketishiga yo'l qo'ydik. Tanaffusda futbolchilar bilan gaplashib oldik va maqsadni yuqori qo'ydik va qilishimiz kerak bo'lgan ishlarni qildik.

Birinchi bo'limda raqiblarga bo'sh hududlar qoldirib, to'pni berib qo'ydik. Uotkins osonlik bilan darvozamizni ishg'ol qilib ketdi. "Aston Villa" darvozamizga ikki zarba berib, ikki gol urdi. Bunga ham tan berish kerak.

Ikkinchi bo'limda ko'proq vaziyatlar yaratdik va katta ustunlikka erishdik. Bizga Jorjinoning sexri kerak bo'lgandi va u buni namoyish qildi. Agarda yuqorida bo'lishni istasak, barcha o'yinlarda yutishimiz, 94-daqiqada gol urib, kambek qilishimiz kerak", - dedi Arteta.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: BT Sport