Arshavin va Bistrov S licenziyasini qo'lga kiritishdi

21 fev 2019, 21:12
“Zenit”ning sobiq futbolchilari Andrey Arshavin va Vladimir Bistrov bugun S murabbiylik licenziyasiga ega bo'lishdi, deya xabar bermoqda Piter klubi matbuot xizmati.

S murabbiylik kategoriyasi bolalar va o'smirlar jamoasida murabbiylik qilish huquqini beradi. Ilgariroq bu ikki sobiq futbolchi D licenziyani qo'lga kiritishgandi.

Eslatib o'tish joizki, “Zenit” futbol akademiyasi qoshida murabbiylar malakasini oshirish markazi 2018 yilning oktyabridan boshlab faoliyat yuritmoqda. Ushbu markazda murabbiylar D, C va B (o'smirlar) licenziyasi uchun tahsil olishlari mumkin.

O'xshash yangiliklar


Manba: "Зенит" ФК расмий сайти