"Arsenal"ning yanvar oyidagi transfer rejalari ma'lum

Sherzod Nurmatov
27 okt 2022, 21:35
London klubi yanvar oyi uchun uchta transfer maqsadini belgilab oldi.

"To'pchilar" ro'yxatida uch nafar futbolchining nomi bor.

Manba bergan xabarga ko'ra, "Shaxtyor" yarim himoyachisi Mixail Mudrik, "Palmeyras" futbolchisi Danilo dos Santos va "Vilyarreal" yarim himoyachisi Yeremi Pino londonliklar safiga qo'shilishi mumkin.

"Arsenal" Angliya Premer-ligasida 12 turdan keyin peshqadam bo'lib turibdi. Mikel Arteta shogirdlari 28 ochko bilan ikkinchi o'rindagi “Manchester Siti”dan ikki ochko oldinda.

Bugun, 27 oktyabr kuni "kanonirlar" Yevropa Ligasi doirasida safarda PSVga qarshi maydonga tushadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Mirror