"Arsenal" yangi sardor bilan mavsumni boshlaydi

Оқил Абдубарноев
11 iyul 2022, 20:01
"Arsenal" yarim himoyachisi Martin Edegor tez orada "kanonirlar"ning yangi sardori sifatida e'lon qilinadi.

Bu haqda Sport Bible nashri xabar bermoqda.

Eslatib o'tamiz, hujumchi Per-Emerik Obameyang jamoani tark etgach, Bukayo Saka vaqtinchalik "Arsenal" sardori sifatida jamoani maydonga boshlab tushayotgandi. Biroq bosh murabbiy Mikel Arteta sardorni o'zgartirishga qaror qildi, tez orada Edegor yangi yetakchi sifatida e'lon qilinadi.

"Kanonirlar" Martinning to'liq transfer huquqini o'tgan yozda "Real"dan sotib olgandi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Sport Bible