
Mesut O'zilning otasi Mustafo hech qachon o'g'lini – jahonning eng yaxshi futbolchilaridan bo'lishiga shak-shubha qilmagan. Hali yoshligidan Mesut Gelzenkirxen atrofidagi barcha quyi divizion klublari o'yinlarini tomosha qilishga borib turgan. 2000 yilda Mesutga birinchi marotaba professional klub “Rot-Vayss Essen” bilan shartnoma tuzish imkoniyati paydo bo'ldi, biroq u kattalarning gapiga qo'loq tutib, bu taklifga rad javobini berdi va keyinchalik “Shalke-04” jamoasiga o'tib oldi.
2006 yilda Zildenfingen o'smirlar musobaqasida 17-yoshli Mesut 5 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi va jamoasining g'alabasiga katta hissa qo'shdi. Bularning bari Germaniya terma jamoasining amaldagi bosh murabbiyi Yoaxim Lev ko'z oldida bo'lgan edi.
“Verder” jamoasiga o'tib, Mesut asosiy tarkibdan joy oldi va o'zining tirishqoqligi va jamoadoshlarini olg'a boshlay olishi bilan barchaning tiliga tushdi. Lekin Mesutning eng yaxshi o'yini 2008 yilda Bremenda “Bavariga” qarshi safardagi o'yin bo'lgan edi. O'shanda jamoa “Bavariya”ni 2:5 hisobida mag'lub etgan va yosh nemis futbolchisi haqida barcha gapira boshlagandi.
Janubiy Afrikada bo'lib o'tgan Jahon chempionati esa O'zil uchun o'zining futboldagi qobiliyatlarini ko'z-ko'z qiladigan maydonchaga aylangandi. Mesutning Gana darvozasiga kiritgan goli Germaniyani guruh bahslaridagi muammolardan xalos etdi. Pley-off bahslaridagi ikkita golli to'p uzatishi esa, bundestimga yarim hinalgacha borish imkoniyati yaratdi.
“Men Zidaning to'pni o'ziga bo'ysundira olishi, o'zida ushlab tura olishi va raqib jarima maydonchasi ichida qanchalik xavfli ekanligidan hayratlanar edim. Shu xususiyatlari unga sovuqqonlikni saqlab turishiga yordam berardi. Zidan ijrosidagi men yaxshi ko'rgan gol, uning Chempionlar ligasi bahslarida “Bayer” darvozasiga kiritgan goli hisoblanadi. Men ham shunday gol urishni orzu qilaman”, - deydi O'zil. Biroq O'zil Germaniya chempionati-2009 finali doirasiga “Bayer” darvozasiga chiroyli gol kiritib bo'lgan edi.
Mesut O'zil raqibini qattiq hurmat qilsada, shunday vaziyatlar bo'ladiga O'zildek tinch va bosiq futbolchi ham o'zini to'xtata olmaydi. O'zil bir mavsumda 5 tadan ortiq ogohlantirilmagan va maydondan umumiy hisobda 2 marotaba chetlatilgan xolos. David Vilya bilan diniy qarashlar manosidagi tortishuv, o'shanda O'zilni maydondan chetlashtirilishiga sabab bo'lgan.
O'zil “Real Madrid” uchun gol kiritsa jamoa albatta g'alaba qozonar edi. Bu qoida nemis futbolchisining “Real”ga o'ynay boshlagan paytidan beri (3 yil) amal qilib kelmoqda.
Barcha Turkiya klublari orasida O'zilga “Fenerbaxche” klubi yoqadi. Bu esa uning otasi futbolchini hali yoshligida o'z vataniga olib kelib yurgan vaqtlari, o'g'liga sariq-ko'k futbolka olib bergan paytidan boshlangan.
Mesut O'zilning to'p uzatishi, bu yuqori darajagi futbol sanat asariki, bu asardan oldin “Verder” va “Real” klublari foydalanishgan bo'lsa, endi navbat “Arsenal” klubiga yetib keldi.
O'tgan hafta saralash bahslaridagi Avstriyaga qarshi o'yinda, Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi tomonidan amalga oshirilgan to'p uzatishlar, aniqligi borasida 99 foizlik ko'rsatgichni tashkil etgan.
Mesut O'zil – Londonning “Arsenal” klubi tarixida sotib olingan eng qimmat futbolchi hisoblanadi. Nemis futbolchisi uchun klub 42.5 million funt bergan.
Turk tilidan tarjima qilinganda futbolchi ismining manosi “Baxtli bo'lish” degan manoni beradi. O'zilning so'zlariga qaraganda hozir u har qachongidan ham baxtliroq ekan. Biroq ertami kechmi futboldagi faoliyat baribir yakunlanadi deya 60-yoshli Mesut O'zil bizga kelajakdan salom yo'llaydi.
Miraziz Murodov tayyorladi