

Jamoa yetakchilaridan biri Gabriel Martinelli Braziliya terma jamoasi safida jarohat oldi. 23 yoshli futbolchi Chiliga qarshi uchrashuvdan so'ng oyoqlarida og'riq his qilgan. Futbolchi katta ehtimol bilan Braziliyaning navbatdagi uchrashuvini o'tkazib yuboradi va Londonga qaytadi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Bukayo Saka ham Angliya termasi safida jarohat olgandi.




