Arsenalning ikki futbolchisi Man Sitiga qarshi o'yinda APL antirekordini o'rnatdi

Khoja
23 sen 2024, 09:56
Kecha Arsenal 45 daqiqa bir kishi kam bo'lib, Man Siti bilan durang o'ynadi.

Arsenal ikkinchi bo'lim davomida ozchilikda o'ynadi, buning natijasida Siti to'pga egalik qilishda katta ustunlikka erishdi - 74% - 26%.

Opta xabariga ko'ra, o'yinda antirekord o'rnatilgan. Arsenal himoyachisi Yurrien Timber va jamoa hujumchisi Kay Xaverc butun o'yin davomida birorta ham aniq uzatmani amalga oshira olishmadi. Bunga qadar APL bahslarida 90 daqiqa o'ynagan hech bir futbolchida bunday holat sodir bo'lmagan.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: Opta