"Arsenal"ga Rabo kerak

Mirjalol Normatov
24 noya 2020
"Arsenal" "Yuventus" futbolchisi Adrien Raboning xizmatiga qiziqish bildirmoqda.

"CalcioMercato" xabariga ko'ra, "kanonirlar" 25 yoshli futbolchiga doimiy o'yin amaliyoti taqdim qilishga tayyor. Ushbu transferni Mikel Artetaning o'zi istamoqda.

"Everton", "Nyukasl" va "Manchester Yunayted" kabi klublar ham uning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Biroq turinliklar rahbariyati uni qo'yib yuborishni istamayapti.

Francuz ushbu mavsumda A Seriyaning 7 o'yinida 1 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: CalcioMercato