"Arsenal"ga "Betis" yetakchisi kerak

Mirjalol Normatov
28 mar 2021
"Betis" yarim himoyachisi Nabil Fekir faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

"Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, 27 yoshli futbolchining xizmatlariga "Arsenal" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda.

"Kanonirlar" vakillari fransiyalik futbolchi atrofidagi holatni kuzatib borishmoqda.

Ushbu mavsumda Fekir LaLiganing 25 o'yinida 3 gol va 5 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo