"Arsenal"dagilar Sanches "Siti"ga o'tishi mumkinligidan havotirda

Aslanov Jasurbek
7 iyul 2017, 20:14
"Arsenal" rahbariyati jamoa hujumchisi Aleksis Sanches "Manchester Siti"ga o'tishi mumkinligidan xavfsiramoqda.

Londonliklar futbolchi bilan shartnomani uzaytirishmoqchi yoki uni chet mamlakat klubiga sotish niyatida.

Ma'lumotlarga ko'ra, "to'pchilar" Aleksis "Manchester Siti"ga o'tib ketishidan havotirda va ular futbolchidan ijobiy javob olishga to'liq ishonishmayapti.

"Shaharliklar" hozircha "Arsenal"ga taklif yuborishmadi, ammo Aleksis "Siti" ustozi Xosep Gvardiolaning asosiy transfer maqsadi hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal