"Arsenal" "Yuventus" xavbekini nishonga oldi

Alisher
26 dek 2019, 10:46
"Arsenal" yanvarda markaziy chizig'ini kuchaytirmoqchi.

"To'pchilar" shu sababdan "Yuventus" yarim himoyachisi Adrien Rabo bilan shartnoma imzolamoqchi.

Rabo o'zining Turin klubidagi holatidan mamnun emas. U kam o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqda.

Eslatib o'tamiz, Raboning "Yuve" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, uning narxi 32 million evro turadi.

Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 13ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Footmercato