"Arsenal" yaponiyalik futbolchi uchun kurashadi

Mirjalol Normatov
12 avg 2021, 00:37
"Bolonya" himoyachisi Tokexiro Tomiyasu APL klubi nazariga tushdi.

"Tuttosport" xabariga ko'ra, 22 yoshli yaponiyalikning xizmatlariga "Arsenal" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. Oldinroq "Tottenxem" ham futbolchini kuzatib borayotgani borasida ma'lumotlar tarqagandi.

Uning klubi bilan kelishuvi 2024 yil yoziga qadar davom etadi. Transfer narxi esa 20 million evroga teng.

O'tgan mavsumda Tomiyasu 33 o'yinda 2 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Tuttosport