"Arsenal" Vengerning haykalini namoyish qildi

Mirjalol Normatov
28 iyul 2023
"Arsenal" klubi uy stadioni "Emireyts" yonida afsonaviy bosh murabbiyi Arsen Vengerning haykali taqdimotini o'tkazdi.

Fransiyalik mutaxassis 1996-2018 yillar davomida "kanonirlar"ni boshqarib, 2003/04 yilgi mavsumda biror marta mag'lub bo'lmasdan chempionlikni qo'lga kiritgan, shuningdek, 7tadan Angliya Kubogi va Superkubogiga ega chiqqan.

Ushbu haykal haykaltarosh Jim Gay tomonidan yasalgan. 3.5 metrlik haykal to'liqligicha bronzadan yasalgan bo'lib, naq yarim tonna bronza ishlatilgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal