"Arsenal" va "Tottenxem" Mertens uchun kurashmoqda

Alisher
9 mar 2021
"Napoli" forvardi Dris Mertens klubdan kyetishi mumkin.

33 yoshli belgiyalik futbolchiga "Arsenal" va "Tottenxem" qiziqmoqda, bu klublar o'yinchi bilan yozda 10 million funt evaziga shartnoma imzolashga tayyorlar.

Xabarlarga ko'ra, Mertensga shuningdek Milanning "Inter" klubi qiziqish bildirmoqda.

Forvard joriy mavsum neapolliklar safida A Seriya doirasidagi 16ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 6ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato