"Arsenal" va "Tottenxem" Malkom uchun raqobatlashishmoqda

Alisher
1 iyul 2019
"Barselona"ning hujumkor yarim himoyachisi Malkom London klublaridan biriga o'tishi mumkin.

22 yoshli braziliyalik futbolchiga "Arsenal" va "Tottenxem" klublari qiziqmoqda.

Malkomning "Barselona" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan.

Malkom Braziliyaning "Korintians" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va faoliyatini aynan shu klubda boshlagan. 2016 yilda Fransiyaning "Bordo" klubi futbolchini sotib olgan.

O'tgan yilda esa "Barselona" Malkom bilan shartnoma imzolagan.


AlisherMuallif
Manba: AS