"Arsenal" va "MYU" "yangi Vieyra"ga qiziqishmoqda

Tolibjon Qosimov
4 dek 2013, 11:01
"Sporting" yarim himoyachisi Vilyam Karvalyu "Arsenal" va "Manchester Yunayted" klublari qiziqishiga sabab bo'ldi.
Daily Express nashrining xabariga ko'ra, Lissabon klubi Angliya klubidan tushgan 12,5 million funt sterlinglik taklifini rad qildi.

Karvalyuni "yangi Patrik Vieyra" deb atashmoqda, u yaqinda Portugaliya terma jamoasida debyut qildi va "Sporting" bilan 2018 yilga qadar shartnomasi bor.

21 yoshli futbolchining shartnomasida transfer narxi 40 million funt deb yozib qo'yilgan. Karvalyu haftasiga 1,5 ming funt maosh oladi xolos.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru