"Arsenal" va Martinelli yangi shartnomaga kelishib oldi

28 yanv 2023, 15:10
London klubi vingeri klub bilan uzoq muddatli shartomaga imzo chekadi.

Gabriel Martinelli "Arsenal" bilan 2027 yilgacha amalda bo'ladigan to'rt yarim yillik bitimga kelishib oldi. Braziliyalik futbolchining "to'pchilar" bilan hozirgi shartnomasi keyingi mavsum oxirida tugaydi. U "Arsenal"da yana ikki yil o'ynash imkoniga ega edi. Yangi kelishuv loyihasi hozirda yakuniy bosqichga ko'tarilgan.

21 yoshli futbolchi 2019 yilning iyul oyida Premer-liga klubi safiga qo'shilgan. Ushbu mavsumda Martinelli "Arsenal" tarkibida 27 ta o'yinda ishtirok etib, 7 ta gol urdi va jamoadoshlarining 3 ta goliga assistentlik qildi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: The Athletic