"Arsenal" transfer oynasining so'ngida yaponiyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi

Alisher
1 sen 2021, 09:33
"Bolonya" himoyachisi Takexiro Tomiyasu faoliyatini "Arsenal"da davom ettiradi.

London klubi yaponiyalikni "Bolonya"dan xarid qildi. Transfer narxi 18 million evroga baholanmoqda.

22 yoshli futbolchi "kanonirlar" bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi.

Tomiyasu ham markaziy himoyada, ham qanotda o'ynay oladi. U italyan jamoasida 2019 yildan beri harakat qiladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: arsenal.com