"Arsenal" sobiq futbolchisi Foden va Grilishga maslahat berdi

Sherzod Nurmatov
3 iyul 2022, 19:08
Jermeyn Pennant "Manchester Siti" futbolchilariga murojaat qildi.

1999 yildan 2005 yilgacha "kanonirlar" safida o'ynagan 39 yoshli Jermeyn Pennant Filipp Foden va Jek Grilishni tatil paytida ma'lum qoidalarga amal qilishga chaqirdi.

"Omma e'tiborida bo'lganingizda, aqlliroq bo'lishingiz kerak. Ular bu haqda o'ylab ko'rishlari, ogoh bo'lishlari, jamoatchilikning munosabati qanday bo'lishidan xabardor bo'lishlari kerak. Sarlavhalar ularning obro'siga qanday ta’sir qilishini anglash juda muhim.

Agar ular eng yuqori darajada bo'lishni xohlasalar, professional bo'lishlari lozim. Muammo ko'zga tashlanyapti. Endi ular hech qanday yomon ish qilishmasa ham, mastlik yoki shunga o'xshash narsalarni davo qiladigan bazi guvohlar topiladi.

Xulosa shuki, ular mavsum davomida ajoyib formada bo'lishlari kerak, ammo agar ular mavsum oldidan ortiqcha vazn to'plashsa, bu shunchaki ahmoqlik. Agar siz qoralangan bo'lsangiz, unda odamlar va ommaviy axborot vositalari hamma narsaga ishonishadi", – dedi Pennant.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Mirror