"Arsenal" sobiq futbolchisi "Atletiko"ga o'tdi

Sherzod Nurmatov
1 fev 2024, 01:20
"Atletiko" o'zining rasmiy sayti orqali himoyachi Gabriel Paulistaning transferini e'lon qildi.

Tomonlar mavsum oxirigacha mo'ljallangan shartnoma imzolashdi.

Braziliyalik futbolchi erkin agent sifatida "matraschilar"ga o'tdi. Bungacha u 2017 yildan buyon o'ynab kelayotgan "Valensiya" bilan shartnomasini bekor qilgandi.

Paulista o'z vaqtida "Vitoriya", "Vilyarreal" va "Arsenal" jamoalari sharafini ham himoya qilgan.

33 yoshli markaziy himoyachi joriy mavsum barcha turnirlarda 19 ta o'yin o'tkazishga ulgurdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: atleticodemadrid.com