"Arsenal" "Sheffild" darvozaboniga qiziqish bildirmoqda

Alisher
30 iyun 2021, 13:46
"Sheffild Yunayted" darvozaboni Aaron Ramsdeyl yaqin transfer oynasida "Arsenal" o'yinchisiga aylanishi mumkin.

"Sheffild" o'z darvozaboni uchun 45 million evro talab qilishi mumkin.

"Kanonirlar" klubdan ketishi mumkin bo'lgan Bernd Lenoga o'rinbosar izlamoqda. Shu sabab "Arsenal" "Sheffild Yunayted" darvozaboniga e'tiborini qaratdi, ammo londonliklar posbon uchun 45 mln evro to'lashga tayyor emaslar va narxni tushirishga umid qilishmoqda.

23 yoshli darvozabon ayni damda Angliya terma jamoasi bilan Evro-2020da. U musobaqada hali maydonga tushmadi.


AlisherMuallif
Manba: Goal