"Arsenal" Sakaning tovon pulini oshirmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
31 mar 2023, 13:59
"Arsenal" yarim himoyachi Bukayo Saka bilan shartnomani uzaytirmoqchi.

Klub yangi shartnomaga ko'ra, futbolchining tovon puli 120 million funt sterling bo'lishini istamoqda. Jamoa ustozi Mikel Arteta yarim himoyachini tarkibning muhim futbolchisi sifatida ko'radi.

21 yoshli Saka joriy mavsum "Arsenal" safida 28 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 10 ta golli pas uzatdi. Uning klub bilan bitimi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: caughtoffside.com